Mamlakatimizga Yevropa davlatlaridan, xususan, Germaniyadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda Germaniya jamoatchiligini mamlakatimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Bavariyaning yetakchi nashrlari, telekanallari va blogerlaridan iborat delegatsiyaning yurtimizga tashrifi tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 4-noyabridan 10-noyabriga qadar delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi davomida, dastur doirasida Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lish rejalashtirilgan. Xususan, ular o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshiradilar.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda bo‘lgan davrda, mamlakatimizning turizm salohiyati, o‘ziga xos madaniyati va tarixi haqida keng ko‘lamli reportajlar tayyorlaydi. Ushbu tashrif Germaniyadan keladigan sayyohlar oqimini yanada oshirish va O‘zbekistonning turizm brendini jahon bozorida mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh