Foto va Video

“BBC World News” xalqaro telekanalida “BBC Travel Show” dasturining O‘zbekiston haqidagi 23 daqiqalik to‘liq metrajli formatdagi maxsus soni taqdim etildi

14.12.2023 382

Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston so‘nggi yillarda jahon hamjamiyati orasida sayyohlik yo‘nalishi sifatida qiziqish uyg‘otmoqda. Bu boradagi eng e’tiborli voqealardan biri “BBC World News” global, xalqaro telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida yil oxirigacha Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Yevropa, Shimoliy Amerikada davom etadigan targ‘ibot kampaniyasining boshlanishi bo‘ldi. 

2023-yilda “BBC World News” xalqaro telekanalida O‘zbekiston sayyohlik brendini targ‘ib qilish bo‘yicha kommunikatsion loyiha nafaqat reklama kampaniyasini, balki “BBC Travel Show” dasturining  O‘zbekiston haqidagi 23 daqiqalik to‘liq metrajli formatdagi maxsus sonini ishlab chiqish va namoyish etishni ham o‘z ichiga oladi.   Shunday qilib, dastur joriy yilning noyabr oyida “BBC News” telekanalining global efirida taqdim etildi.

Xalqaro telekanalda boshlangan reklama kampaniyasi O‘zbekistonning noyob madaniy va tarixiy qadamjolari bilan tanishtiradi. Kampaniya qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlaridan tortib, zamonaviy poytaxt Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda O‘zbekistonni sayohatchilar ko‘rishi shart bo‘lgan manzil ekanligining ko‘plab sabablarini ko‘rsatib beradi. Kampaniyaning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning boy madaniy merosiga alohida e’tibor qaratilganligidir.

Umuman olganda, ushbu loyihaning ishga tushirilishi O‘zbekiston turizm sanoati uchun muhim voqea hisoblanadi. “BBC World News” xalqaro telekanalidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyada O‘zbekistonga nisbatan xayrixohlikni kuchaytish va kelgusi yillarda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Videomaterial: https://www.dropbox.com/scl/fi/wiymuqt0brqw3hch18dsy/Travel-Show-Uzbekistan-231103.mp4?rlkey=e7zz106nxhg9obvts6p84lbo3&dl=0

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing