Foto va Video

Rossiyaning “Beсти недели” teledasturi ijodiy guruhi O‘zbekistonda

04.12.2023 461

Turizm qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 14–27-noyabr kunlari “Россия” telekanalining “Beсти недели” dasturi ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, “Россия” telekanali Rossiya aholisining 99 foizini qamrab olgan mamlakatdagi eng nufuzli media-xolding hisoblanib, axborot va madaniy kontekstning asosiy manbaidir. Telekanal 79 ta mustaqil hududiy teleradiokompaniyalarni hamda 53 ta milliy tildagi kontent “Россия” va “Россия” telekanallarining federal eshittirishlariga birlashtirilgan. Kunlik kuzatuvchilar soni 1,5 million kishini tashkil etadi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniy hamda tarixiy merosiga oid qiziqarli mediakontent tayyorlab, “Beсти недели” teledasturning navbatdagi sonida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida urg‘u bergan holda namoyish etishdir.

Maksim Kiselev boshchiligidagi ijodiy guruh mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, xususan, o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.

Shu bilan birga, ijodiy guruh rasmiylari bilan uchrashuv tashkil etilib, mamlakatimizning turizm, madaniyat, san’at va qurilish yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing