Foto va Video

To‘dako‘lda O‘zbekistondagi ilk kaytsyorfing maktabi ochilmoqda

26.05.2023 393

Bugungi kunda Navoiy viloyatining turistik markazlaridan biri bo‘lmish To‘dako‘lda ham turistlarga xizmat ko‘rsatish, sayyohlarni qabul qilish,  xizmat ko‘rsatish turlarini oshirish, sayyohlar oqimini ko’paytirish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “To‘dako‘l” dam olish bazasi hududida maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi qurilmoqda.

Ushbu muassasaning zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalariga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. Bugun maktabda qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.

Ayni kunlarda esa To‘dako‘lda yirik taqdimotga hozirlik ko‘rilmoqda. Joriy yilning 26-28-may kunlari ko‘l sohilidagi “Silk Road Family Resort” dam olish maskanida kaytsyorfing maktabi ochilishi munosabati bilan ushbu manzilda bir-qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joizki, kaytsyorfing sportning ekstremal turlaridan biri bo‘lib, u bilan shug‘ullanuvchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda.

Ochilish dasturiga maktab taqdimoti, kayt stansiyalari va mashg‘ulot plyajlari bo‘ylab sayohat, voleybol bo‘yicha turnir, quyosh botishi arafasida boshlanadigan ko‘ngilochar tadbir, shanba kunida basseyn oldida ko‘pikli tadbir kiritilgan.

Ishtirokchilar xohishiga ko‘ra veykbording bo‘yicha ham darslar tashkil etiladi. Shuningdek, quyoshning botishi arafasida mashg‘ulotlarning amaliy qismida qatnashish imkoniyati yaratilgan.

Manba https://uzbektourism.uz/news/view?id=2765 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing