Boysunda havo sharlari uchirildi

18.01.2024 440

Tilsimlarga boy, afsonalar o‘lkasi bo‘lmish Surxondaryo viloyati qadimdan sayyohlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa Boysun tumani o‘zining betakror tabati  bilan barchani lol qoldiradi.  

Boysun tumanidan 3 km uzoqlikda joylashgan “Qizil kanyon” uzoq vaqt mobaynida qoyalar tuprog‘ining yomg‘ir va shamol ta’sirida yemirilishidan hosil bo‘lgan tabiat mo‘jizasidir.

Surxondaryo viloyatining turizm imkoniyatlarini targ‘ib qilish, yangi yo‘nalishlarni yaratish va hududga yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish maqsadida, Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 18-19-yanvar kunlari “Qizil kanyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbiri tashkil etilmoqda.

Rang-barang  va turli ko‘rinishdagi havo sharlarining namoyish parvozlari bu betakror, ertaknamo hududning fazoviy manzarasini tomosha qilish, noyob kadrlarni fotokamera xotirasiga muhrlash imkoniyatini beradi. Kelgusida kanyon uzra havo sharlarida sayohatlar uyushtiriladi.

Tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing