Foto va Video

“MITT” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etilmoqda

19.03.2024 140

Joriy yilning 19-21-mart kunlari Moskva shahrida “MITT” xalqaro turistik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yirik xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Milliy stendimiz delegatsiya tarkibidan Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK, Navoiy viloyati turizm boshqarmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK, shuningdek, O‘zbekistonning “Central Asia Travel” "Sanat Travel" , "TimurWay Tour", "Dolores Travel", "Mace and Travel", "Exclusive Travel", "Rocket DMC", "Sole Vita Travel", "FLYMANIA" kabi mahalliy turistik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston tomoni mamlakatning turizm salohiyatini, yangi turistik yo‘nalishlarni va, albatta, TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini ommalashtirish bo‘yicha takliflar kiritmoqda, bu esa mamlakatimiz turizm sanoatining yorqin ifodasidir.

Shuningdek, milliy stendda mamlakatimizning milliy an’analari, urf-odat va marosimlari, O‘zbekistonning mashhur turistik yo‘nalishlari namoyish etilmoqda. Shu tariqa, O‘zbekiston stendi ko‘rgazmadagi eng mashxurlaridan biriga aylandi. Ko‘rgazmaning birinchi kunida O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendda milliy raqslar, hunarmandlar ijodi, turizmning turli yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etilib, tashrif buyurganlar o‘zbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan tanishtirildi.

Ma'lumot uchun:

MITT - 30 yildan buyon Moskvada bo‘lib o‘tayotgan turizm va mehmondo‘stlik sanoati xalqaro ko‘rgazmadir. Xalqaro hamjamiyat tomonidan turizm va mehmondoʻstlik sanoatidagi biznes muammolarini hal qilish uchun samarali B2B tadbiri sifatida eʼtirof etilgan. Har yili MITT Rossiya mintaqalari va dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sanoati mutaxassislarining eng yirik hamjamiyatini birlashtiradi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari jahon turistik assotsiatsiyalar, tarmoq ma’muriyatlari vakillari bilan uchrashish, yangi mijozlar va hamkorlar topish, turli biznes-dastur tadbirlarida turizm sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur yarmarka xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi, mamlakatning boy tarixi, san’ati, oshxonasi va mehmondo‘stligini chuqurroq anglash va qadrlashga yordam beradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing