Foto va Video

“BBC World News” xalqaro telekanalida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi boshlandi

14.09.2023 354

O‘zbekiston so‘nggi paytlarda jahon miqyosida rivojlanayotgan turizm yo‘nalishi sifatida katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bu boradagi eng ahamiyatli voqealardan biri dunyo miqyosidagi “BBC World News” xalqaro telekanalida 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasining boshlanganligidir.

Targ‘ibot doirasida ingliz tilidagi 30 soniyalik reklama roliklari tadbir boshlangunga qadar kuniga bir necha marotaba namoyish etiladi.

Xalqaro telekanalda boshlangan reklama kampaniyasi Samarqandning noyob madaniy va tarixiy qadamjolari bilan tanishtirmoqda. Targ‘ibot kampaniyasining asosiy xususiyatlaridan biri shaharning boy madaniy merosiga alohida urg‘u berilganligidadir. “BBC World News” xalqaro telekanalining global media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyaning Samarqandga va butun O‘zbekistonga moyilligini oshiradi va yaqin kelajakda yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor BMT Bosh Assambleyasi tizimining eng muhim voqeasi hisoblangan UNWTO sessiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasining qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilishi dunyoni mamlakatimizning madaniy, turistik, sarmoyaviy va intellektual salohiyati bilan tanishtirish, mamlakatimiz bilan jahon hamjamiyati o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohasida xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: “BBC World News” - jahon yangiliklari, hujjatli filmlar va tahlillarni yorituvchi xalqaro telekanal. U butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar tomonidan ko‘riladigan keng qamrovli va obyektiv reportajlari bilan mashhur. Kanal siyosat, turizm, biznes, texnologiya, sport va oʻyin-kulgi kabi keng koʻlamli mavzularni qamrab olgan boʻlib, tomoshabinlar butun dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan voqealardan xabardor boʻlishini taʼminlaydi. “BBC World News” keng muxbirlar tarmog‘i va reportyorlar orqali turli nuqtai nazarlarni aks ettiruvchi va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvga sabab bo‘ladigan yangiliklar va hikoyalarni taqdim etadi.

Videomaterial manbasi: “BBC World News”

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing