O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida joriy yilning 12 – 13-sentabr kunlari Minsk shahrida “Belarus - O‘zbekiston” turistik forumi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Maqsad – ikki davlat turoperatorlar va turizm sohasi vakillari o‘rtasida “B2B” uchrashuvlar tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, oʻzaro ragʻbatlantirish va qoʻshma turizm mahsulotini shakllantirish hamda amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
Belarus Respublikasiga tashrif doirasidagi xalqaro aviachiptalar (borish-kelish) bilan bog‘liq xarajatlar mazkur forum ishtirokchilari tomonidan, shuningdek, Belarus Respublikasi hududida mehmonxona, ovqatlanish, transport va ekskursiya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlar Belarus tomonidan qoplanishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi va Belaruslik turizm sohasi vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan turistik kompaniyalar mazkur tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladi.
“Belarus - O‘zbekiston” turistik forumida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mas’ul - Qo‘mitaning Marketing tadqiqotlari, milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Toxir Shamsimatov (tel: +998 97 4011990).
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh