Madaniyat va turizm vazirligi mamlakatimizning Belarus Respublikasidagi Elchixonasi bilan hamkorlikda Belarusning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab press-tur tashkil etilmoqda.
Ushbu press-turdavomida Belarus xalqi uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va boy madaniy merosi haqida ma’lumot beruvchi materiallar tayyorlash hamda qisqa metrajli filmlarni (videorolik) suratga olish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun press-tur qatnashchilarining ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy auditoriyasi 10 mln. nafardan oshiq bo‘lib, ular “Belarus 1” telekanalining “Dobray ranіsы Belarus" (Xayrli tong Belarus) dasturi, “BelTA” agentligi, “SB.Belarus segodnya” nashriyot uyi, “Tochka.by” internet portali hamda “Artem Pool 4” Internet-resurslarining yetakchi prodyuser, muhbir va muharriridan iboratdir.
Press-tur joriy yilning 20-27-aprel kunlari mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo‘ylab tashkil etilyapti.
Mazkur delegatsiya uchun mamlakatimizga tashkil etilayotgan press-turdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston va Belarus Respublikalarining o‘zaro ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini inobatga olgan holda, xususan, O‘zbekiston Havo yo‘llari va Belavia aviakompaniyalarining ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yilganligidan kelib chiqib, O‘zbekistonning Belarus Respublikasida keng targ‘ib qilish orqali Belarus sayyohlar oqimini O‘zbekistonga ko‘paytirishdir.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh