Foto va Video

Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

4278


O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining sport va ommaviy
jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021 -yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishi bo‘yicha 2007 -2008-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa joriy yil 5-7 noyabr kunlari Buxoro viloyatining, G‘ijduvon tumanida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun:

Belbogʻli kurash — Bu Oʻzbek milliy sport turlaridan biri boʻlib asosan Oʻrta osiyoda ommabop sanaladi. Belbogʻli kurashning koʻp javhalari oʻzbek halq milliy kurashiga oʻxshab ketadi, lekin bu sport turida sportchilar asosan belbogʻ orqali kurashadilar. Asosan bu sport turi ikki kishi oʻrtasida amalga oshiriladi. Belbogʻli kurashning asosiy kiyimlariga kurashish uchun yaktak va belbogʻ kiradi.

Tarixi

Belbogʻli kurash juda qadiymiy sport turlaridan biridir u milloddan avvalgi 2-3 asrlarda paydo boʻlgan va u hozirgacha rivojlanib keladi, hozirgi kunda u asosan Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona vodiysida jivojlangan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda koʻpgina musobaqalar oʻtkaziladi masalan: Oʻzbekiston chempionati, Vodiy kubogi va boshqalar bular Oʻzbekiston Belbogʻli kurash federatsiyasi qoʻl ostida oʻtkaziladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring