Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Buscardini Communications SRL” kompaniyasi O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qiladi

09.09.2025 278

Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng ko‘lamda targʻib qilish maqsadida Belgiyaning “Buscardini Communications SRL” ijodiy guruhining Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Fargʻona vodiysiga ijodiy safari tashkil etildi.

Kompaniya tomonidan Oʻzbekistonga bagʻishlangan “Clin d’Oeil sur le Monde” turkumiga oid 4 ta televizion maxsus videorolik ishlab chiqilib, Fransiyaning “TV5MONDE” telekanali hamda kanalning xalqaro platformalarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: 

“Buscardini Communications SRL” — Belgiyada joylashgan media kompaniya boʻlib, turizm, madaniyat va barqaror rivojlanish yoʻnalishlarida kontent ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya xalqaro ommaviy axborot vositalari va turizm idoralari bilan hamkorlikda hujjatli filmlar, reportajlar, intervyular va multimedia kampaniyalari orqali sayohlik yoʻnalishlarini targʻib qilmoqda.

“Buscardini Communications” Yevropaning yetakchi telekanallaridan biri boʻlgan TV5MONDE bilan hamkorlik tajribasiga ega. Ushbu kanal efirida “Clin d’Oeil sur le Monde” nomli koʻrsatuvlar turkumi namoyish etiladi. Mazkur loyihaning bir qismi hisoblangan “Embarguement” dasturining oʻrtacha yillik tomoshabinlari soni 21 million kishini tashkil etadi.

2025-yil 18-yanvar kuni “Buscardini” kompaniyasi rahbari Oʻzbekistonning Belgiyadagi turizmi elchisi etib tayinlangan.

Tayyorlangan videoroliklar Oʻzbekistonning boy madaniyati va turizm salohiyatini Yevropa mamlakatlarida namoyish etib, mamlakatimizni xalqaro miqyosda yanada kengroq tanitishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar