2023-yilning 3-iyul kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning turizm salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari, O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari, shuningdek, taniqli xitoylik turistik blogerlari shuningdek, “ShaanXi” ommaviy axborot vositalari, “ZheJiang” televideniyesi, Chengdu kabi mashxur Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Forumni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va CSC Airlines kompaniyasi vitse-prezidenti Den Venuy kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Ulug‘bek Ahmadovich o‘zining kirish so‘zida Xitoyda O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishda forumning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u oʻz nutqida mamlakatimizga xorijiy turistlar oqimi va turistik infratuzilma obyektlari soni ortib borayotganini taʼkidlab o'tdi.
Forumda “Milliy PR-markazi” direktori Dilfuza Samandarova O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotini namoyish etdi. Taqdimot Xitoy turistik kompaniyalariga respublikamizning turizm istiqbollari haqida ko‘proq ma’lumot olish va O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish imkonini yaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni vakillari barcha mehmonlar va turizm tashkilotlarini joriy yilning 15-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida turizm” TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga chaqirdi. Forum davomida Xitoy turizm sanoatining turli tarmoqlari vakillari, jumladan, Zhejiang Loong Air, turistik agentliklar va turoperatorlar, jumladan, Sichuan yoshlar sayyohlik agentligi, Sian xalqaro turizm kompaniyasi, Shansi Chjungsin Silk Road xalqaro sayyohlik agentligi va boshqalar qatnashdilar.
Yuqori saviyada tashkil etilgan forum doirasida O‘zbekiston va Xitoy tomonlari vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Forum O‘zbekiston va Xitoy turistik kompaniyalari o‘rtasida bir qator shartnoma va anglashuv memorandumlarini imzolash marosimi bilan yakunlandi.O‘zbekiston-Xitoy turizm biznes-forumi ikki davlat vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Forum ishtirokchilarga hamkorlik va investitsiyalar hamda yangi imkoniyatlarni o‘rganish uchun platforma vazifasini o‘tadi. Mazkur tadbir O‘zbekiston turizm sanoatining yuksalishi va rivojlanishiga, mamlakatimizning jahon turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi omillardan biri bo‘ldi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh