Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Borsakelmasda birinchi “YONAR-Burning Man”

85

Turizm qo‘mitasi hamda “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bilan hamkorlikda 2025-yil 11-13-sentyabr kunlari Nukus shahridan 200 km uzoqlikda joylashgan go‘zal Borsakelmas sho‘rxokligida noyob “YONAR” tadbiri tashkil etildi. Bu turizmni rivojlantirishdagi navbatdagi qadam bo‘lib, butun dunyo sayyohlari va ijodkorlarining e’tiborini jalb etdi. 

“YONAR” shunchaki ijodiy va san’at installyatsiyalari ko‘rgazmasi emas, balki mintaqaning madaniy boyligini namoyon etadigan va xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qiladigan innovatsion sayyohlik loyihasidir. Festival o‘z g‘oyasi bilan mashhur “Burning Man”ga o‘xshash bo‘lib, bu ijodiy turizmni rivojlantirish va butun dunyodan rassom, musiqachi hamda ijodiy jamoalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Birinchi marotaba tajriba tariqasida o‘tkazilgan “YONAR” doirasida 35 nafar xorijiy va mahalliy ishtirokchilar 6 turdagi installyatsiyalarni barpo etdilar: “Sfera”, “Monolit”, “Teleport”, “Amorfoz haykali”, “Kelajak gologramma”, “Art Car Scorpion”.

Ishtirokchilar 5 ta an’anaviy o‘tovlar yashadilar, elektr ta’minoti esa generatorlar yordamida amalga oshirildi. Festivalning o‘ziga xos jihati shundaki, unda savdo-sotiq mutlaqo yo‘q: yashash va ijod qilish uchun barcha zarur sharoitlar jamiyatning o‘zi tomonidan yaratiladi va baham ko‘riladi.

An’anaga ko‘ra, festival yakunida “Sfera” va “Teleport” installyatsiyalari yoqib yuborildi, bu esa dunyo miqyosidagi “Burning Man” an’analariga mos ravishda o‘ziga xos yakun bo‘ldi hamda tadbir tugaganidan so‘ng ishtirokchilar tomonidan oromgoh hududi tozalandi va ekologik tamoyillarga amal qilindi.

Shuningdek ko‘ring