Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Turizm sohasini ommabop internet nashrlari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi media kanallar orqali targ‘ib qilish bo‘yicha PR-kampaniya xizmatlari uchun tijorat takliflarini taqdim etish to‘g‘risida

55

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi "Milliy PR-markazi" davlat muassasasi tomonidan mamlakatimizning turizm salohiyatini ommabop internet nashrlari, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi media kanallar orqali keng targ‘ib qilishga qaratilgan PR-kampaniya xizmatlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xaridning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish maqsadida, ilovada keltirilgan texnik topshiriq va talablar (Тexnik topshiriq.pdf) asosida tayyorlangan QQSni hisobga olgan tijorat takliflaringizni 6-avgust kuni soat 12:00ga qadar elektron shaklda info@nationalprcentre.com elektron pochta yoki Toshkent shahri, Oybek ko’chasi, 18 D binosiga manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Tijorat taklifida xizmatlarning umumiy qiymati, bajarish muddati, shuningdek, texnik topshiriqda nazarda tutilgan barcha talablar inobatga olingan bo‘lishi lozim.

Tijorat takliflari taqdim etilgan kundan boshlab 90 (to‘qson) kun davomida amal qilishi shart.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar