Foto va Video

Bosh vazir kubogi futbol musobaqalariga tayyormisiz ?

761

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqsichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Bosh vazir kubogi” uchun vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlar markaziy apparati xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2019 va 2020-yillarda o‘tkazilgan “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida bosh sovrin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasiga nasib etgan. Bu yilgi musobaqalarda 30dan ortiq jamoalar ishtirok etishadi, uchrashuvlar “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi, final o‘yini esa 10-noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa Nizomiga ko‘ra, o‘yinlar 25 daqiqadan ikki bo‘lim davom etadi. Har bir jamoa o‘z tarkibiga 15 nafar futbolchini kiritishi mumkin va almashishlar soni cheklanmagan.

Bugun soat 11:00 da Turizm va sport vazirligining binosida ushbu musobaqalarning qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring