Bo‘stonliq tumanining ayrim turistik va rekreatsion hududlari elektron onlayn-auksionga qo‘yildi

04.07.2022 2017

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qarori 2-ilovasiga muvofiq, Bo‘stonliq tumani “Nanay” MFYda joylashgan Tuman xalq bankiga qarashli 16-sonli shoxobcha va “Novobod” MFY hududidagi sobiq karlar jamiyatiga tegishli qurilishi tugallanmagan obyekt elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yildi. Shunga ko‘ra, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tomonidan “16-sonli shoxobcha” bo‘yicha sarmoyaviy majburiyatlar tayyorlandi.

Shuningdek, qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasining Bosh rejasiga muvofiq, “Iqtisodchi” dam olish maskani auksionida mazkur obyektlarni bir necha lotlarga bo‘lish taklifi kiritildi.

Bundan tashqari, Bo‘stonliq tumanidagi “Ko‘ktonli” MFYda joylashgan “Qurilishi tugallanmagan klub binosi”ni minimal investitsion va ijtimoiy majburiyatlar bilan, shuningdek, quyida sanab o‘tilgan boshqa shartlarda sotish bo‘yicha ham takliflar kiritildi.

I. Minimal sarmoya va ijtimoiy majburiyatlar

1. Amalga oshirish muddati - 14 oy

2. Investitsion majburiyatlar:

a) umumiy ovqatlanish majmuasi, mehmon uyi, oziq-ovqat do‘koni, dorixona, esdalik va sovg‘alar do‘koni, qurilish buyumlari do‘koni, sartaroshxona, ayollar uchun go‘zallik salonini tashkil etish;

b) 300,0 mln.so‘m miqdoridagi investitsiyalar;

v) shag‘al, loy, yog‘och kabi tabiiy va sun’iy materiallardan foydalangan holda binolarning fasad qismi va tomini tabiiy landshaft bilan uyg‘unlashtirish.

3. Qo‘shimcha beshta ish o‘rni yaratish.

II. Arxitektura va dizaynga qo‘yiladigan talablar

1. Landshaft dizaynini ishlab chiqish.

2. “Chorvoq” TRZ direksiyasi bilan egizak loyihani muvofiqlashtirish.

3. Qurilish va shaharsozlik sohasidagi quyidagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi:

– O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi;

– O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi;

– “Chorvoq” TRZ Bosh rejasi;

- SHNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari)1.03.02-04, SHNQ 2.07.01-03.

III. Atrof-muhitni muhofaza qilish va himoya talablari

1. Loyiha doirasida mavjud daraxtlarni saqlash.

2. Qo‘shimcha 20 ta daraxt ekish orqali tabiiy landshaftni yaratish va doimiy ravishda saqlash.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing