Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati haqida raqamli fotoalbom ishlab chiqish uchun tanlov e‘lon qilindi

25.11.2020 826

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati haqida raqamli fotoalbom ishlab chiqish uchun tanlov e‘lon qiladi.

Loyiha shiori: «Bo‘stonliq tumani – O‘zbekistonning tog’li yuragi»

Tanlovning maqsadi:

✔ Bo‘stonliq tumanining tabiiy go‘zalligining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish.

✔ Mintaqadagi turistik salohiyat va turizm turlarini ochib berish.

✔Jahon hamjamiyatining mintaqaning turistik va sarmoyaviy jozibadorligiga qiziqishini oshirish.

Tanlov shartlari:

Tanlov ishtirokchilari, uchta (o‘zbek, ingliz, rus) tilda bir-biridan tubdan farq qiluvchi kontseptsiyalarni ishlab chiqishlari kerak. Taklif etilayotgan har bir kontseptsiya uchun fotoalbomning muqovasi va uning aylanishidagi master-maketi taqdim etiladi: axborot va grafik elementlarni taqdim etish kontseptsiyasi, muqova va chizmalarning rang tasviri, fotosuratlarni joylashtirishning kompozitsion yechimi, O‘zbekiston turizm brendining mualliflik stili elementlarini taqdim etish kontseptsiyasi.

Sovrin jamg‘armasi 65 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Arizalar berish muddati: 23.11.2020 dan 03.12.2020 gacha

Tanlov lotining E-exarid tizimida joylashishini https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9099069 havolasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing