O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK, Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati haqida videorolik ishlab chiqish uchun tanlov e‘lon qiladi.
Loyiha shiori: «Bo‘stonliq tumani – O‘zbekistonning tog’li yuragi»
Tanlovning maqsadi:
✔ Bo‘stonliq tumanining tabiiy go‘zalligining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish.
✔ Mintaqadagi turistik salohiyat va turizm turlarini ochib berish.
✔Jahon hamjamiyatining mintaqaning turistik va sarmoyaviy jozibadorligiga qiziqishini oshirish.
Tanlov shartlari:
Tanlov ishtirokchilari, uchta variantda: davomiyligi 180 soniya, 60 soniya va 30 soniya bo‘lgan Full HD formatidagi, bir-biriga o‘xshamagan, shu bilan bir vaqtda mazmunning asosiy g‘oyasi saqlab qolingan videoroliklar ishlab chiqishlari kerak.
Rolik uchta tilda (o‘zbek, rus va ingliz) ishlab chiqilishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilayotgan rolikning to‘liq ishlab chiqilgan konsepsiyasini (ssenariy, sinopsis, vizual tasvirlar) taqdim etish kerak. Rolikda, mintaqaning turistik yo‘nalishlari salohiyati, infratuzilmalar, mahalliy aholi va urf-odatlar, shuningdek mintaqaning boshqa diqqatga sazovor joylarining chiroyli tasvirlari bo‘lishi kerak.
Asosiysi, rolikda mintaqaning turistik salohiyatini ochib berish g‘oyasi bo‘lishi kerak.
Sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘mni tashkil etadi.
Arizalar berish muddati: 23.11.2020 dan 03.12.2020 gacha
Tanlov lotining E-exarid tizimida joylashishini https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9099069 havolasi orqali ko‘rishingiz mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh