Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali yana mehmonlarni qarshi oladi

20.04.2026 37

Joriy yilning 1-7-may kunlari Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumanida har yili o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalda 40 dan ortiq davlatdan 100 dan ortiq folklor jamoalari ishtirok etadi.

Bayram doirasida kurash, ot sporti, ko‘pkari va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, maishiy hunarmandchilik ko'rgazmalari o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar hamda sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi. 

Boysun madaniy muhiti ilk bor 2001-yil jahon hamjamiyatlari madaniy obyektlarining 19 nominantlari orasida YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida e’tirof etilib, 2008-yilda YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy meros” Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar