Foto va Video

“Boysun bahori” festivali may oyi boshida bo‘lib o‘tadi

16.04.2024 284

Joriy yilning 1-7-may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumani Padang qishlog‘i kengliklarida tabiatning uyg‘onishi va xalq og‘zaki ijodiga bag‘ishlangan ajoyib “Boysun bahori” festivali bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro folklor san’ati ijrochilari, hunarmandlar, folklorshunoslar taklif etilgan “Boysun bahori” folklor festivaliga Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoalari vakillari ham ishtirok etadi. Ular o‘z hududlariga xos liboslar, qo‘shiq va xalq og‘zaki igodi an’analarini namoyish etadilar.

Ushbu nufuzli festivalning betakror qadriyat va boy nomoddiy madaniy merosga ega Boysun tumanida o‘tkazilishi chuqur ma’noga ega, chunonchi, 2001-yilda Boysun madaniy makoni YUNESKO tomonidan insoniyat og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi sifatida e’tirof etildi, 2002-yil may oyida esa Surxondaryoning xushmanzara tumanida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston xalq ijrochilarining birinchi ochiq folklor festivali boʻlib oʻtdi.

Xalq qadriyat va an’analarining o‘ziga xos festivalida kurash, etnik sport turlari, velomarafon, uloq-ko‘pkari, varrak uchirish, chillak va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha milliy musobaqalarga katta o‘rin ajratilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing