Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi hamda Boysun tumani hokimligi hamkorligida “Olma sayli” festivali o‘tkazildi.
Unda tumandagi barcha mahalla va olma yetishtiruvchi dehqon fermerlar o'zlariga ajratilgan qo‘rg‘onlarda Boysun tumanida yetishtirilgan olma ko‘rgazmalari bilan qatnashdilar.
Sayilga tashrif buyurgan mehmonlar tumanda yetishtirilgan olma turlari, olmadan tayyorlanadigan mahsulotlar shuningdek, yetishtiriladigan olmalarning eksport salohiyati, olma mevasining inson uchun foydali jihatlari va xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Sayil yakunida Turizm qo‘mitasi tomonidan Omonxona qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomini berilganligi haqidagi sertifikat tantanali topshirildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh