“Bradt Guides”- O‘zbekiston haqida yozdi

1653

Dunyo bo‘ylab yetakchi sayyohlik nashriyoti – “Bradt Guides” o‘z saytida Sofi Ibbotsonning “Buyuk ipak yo‘lida O‘zbekistonning eng yaxshi diqqatga sazovor joylari” deb nomlangan O‘zbekiston haqidagi maqolasi chop etildi.

“O‘zbekiston, hech qayerda yo‘q ajoyib taasurotni beradi” - shunday shior bilan O‘zbekistonning tarixiy shaharlari haqida maqola boshlanadi. “O‘zbekiston aslida Ipak yo‘li bilan sinonimdir va Ipak yo‘lining uchta eng yirik shaharlari - Samarqand, Buxoro va Xiva - barchasi o‘zbek tuprog‘ida joylashgan”. Maqola muallifi Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan O‘zbekistonning eng yaxshi diqqatga sazovor joylarining ro‘yxatini tuzdi.

Samarqandning me’moriy yodgorliklari ana shunday diqqatga sazovor joylarga aylandi: “Registon maydoni”, “Shoxi-Zinda” yodgorlik majmuasi, “Bibi-Xonim” masjidi, “Go'ri-Amir” maqbarasi, tasavvur qilib bo‘lmaydigan go‘zallikdagi Buxoroning tarixiy ob’ektlari: “Poyi-Kalon” majmuasi, “Minorai-Kalon” masjidi, “Miri Arab” madrasasi, “Chor Minor” madrasasi va albatta Xivaning tarixiy yodgorliklari: “Ichan-Qala” qal’asi, “Kalta Minora” minorasi, “Islom Xo‘ja” madrasasidir.

Muallif o‘z maqolasida nafaqat har bir me’moriy yodgorlikning batafsil tavsifini, balki jonli fotosuratlarni ham baham ko‘rdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring