Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Euronews” tomoshabinlarga qishki O‘zbekistonni namoyish etmoqda

12.02.2026 121

“Euronews” telekanalining “Ipak yo‘li sarguzashtlari” dasturining yangi sonida O‘zbekiston tomoshabinlarga yorqin qishki taassurotlar va jadal rivojlanayotgan turizm mamlakati sifatida taqdim etildi.

Reportajda an’anaviy ravishda Ipak yo‘lining boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanilgan O‘zbekiston bugungi kunda zamonaviy tog‘-chang‘i majmualari, tabiiy qo‘riqxonalar hamda rivojlangan qishki dam olish infratuzilmasi orqali yangi yo‘nalishlarni dunyoga ishonch bilan ochayotgani ko‘rsatib berilgan.

Lavhada tomoshabinlarga “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida turistlar Chimyon tog‘larining qorli yonbag‘irlarida chang‘i uchayotgani, “Deer Hills” qo‘riqxonasida tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish imkoniyatlari, shuningdek, “Humo Arena” muz saroyida konkida uchish orqali Toshkentning qishki muhiti manzaralari namoyish etildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston faol dam olish, ekologik marshrutlar va madaniy tadbirlarni uyg‘unlashtirgan holda qishki turizmning yangi yo‘nalishiga aylanmoqda. Shuningdek, Ipak yo‘li merosi bilan mashhur mamlakat Markaziy Osiyoning to‘rt faslli turizm markazi sifatidagi qiyofasini ishonch bilan shakllantirayotgani qayd etildi.

Yirik xalqaro OAVlarning qishki O‘zbekiston haqidagi materiallari xorijdagi tomoshabinlar uchun mamlakatning yangi qirralarini ochib bermoqda hamda sayyohlarni safarlarni rejalashtirish va uning rang-barang imkoniyatlarini kashf etishga ilhomlantirmoqda.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar