Foto va Video

Britaniya jurnali Ichan qal’ani dunyoning eng taassurotli TOP-9 qal’a-shaharlari ro‘yxatiga kiritdi

542

Britaniyaning eng yirik sayyohlik jurnallaridan biri bo‘lmish’“Wanderlust travel magazine” dunyoning 9 ta eng taassurotli qal’a-shaharlari haqida maqola chop etdi.

Nashriyot ko‘hna Ichan qalʼani ham “masjidlar, saroylar va minoralar labirinti” sifatida ro‘yxatga kiritgan.


“Asrlar davomida mudofaa devorlari butun dunyo boʻylab shaharlarni himoya qilib, Kolumbiyadan Fransiyagacha, Xitoygacha boʻlgan umumiy yo‘nalishni yaratdi. Bu to‘qqizta ajoyib qal’a-shaharlarning har bittasi eng yaxshilaridandir...”

Eng yaxshi to‘qqizta qal’a-shaharlar qatoriga Kolumbiyadagi Kartagena qal’asi, Xorvatiyadagi Dubrovnik, Marokashdagi Taroudant, Buyuk Britaniyadagi Yorkshir qal’asi, O‘zbekistondagi Ichan qal’a qal’asi, Fransiyadagi Karkasonna, Isroildagi Quddus, Maltadagi Mdina, Xitoydagi Sian qal’asi kiritildi.

Muallif Emma Higgins ta’kidlaganidek, “Ichan qal’aning qum rangidagi haybatli devorlarining uzunligi 2 km dan ko‘proqqa cho‘zilgan va balandligi ba’zi joylarda 10 metrga yetadi, yo‘l bo‘ylab esa ulkan egri minoralar joylashgan”.

“Qadimiy ichki shahar ayniqsa yaxshi saqlanib qolgani uchun ham tahsinga sazovordir. Bu jozibali va ekzotik joyda sizni masjidlar, saroylar, minoralar va boshqa inshootlardan iborat labirint kutmoqda, bu qiziquvchan tadqiqotchilar uchun ayni muddao,” - deydi Britaniya jurnali muallifi.

“Wanderlust” - bu 1993-yilda Ekvadorga parvoz vaqtida ushbu loyihani rejalashtirgan Pol Morrison va Lin Xyuz tomonidan asos solingan yetakchi sarguzasht va autentik sayohatlar jurnali. Ko‘plab mukofotlargaga sazovor bo‘lgan “Wanderlust travel magazine” jurnali sayohatchilarni g‘ayrioddiy sarguzashtlar va dunyodagi eng g‘aroyib manzillar haqidagi hikoyalari bilan ilhomlantirishda davom etmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring