Britaniyaning “The Times” gazetasi saytida “Dam olish uchun 29 maskan” ro‘yxatida O‘zbekiston haqida sayohatchilar uchun maqola e’lon qilindi.Maqolada qadimiy Ipak yo‘lining afsonaviy qiyofasini aks ettiruvchi O‘zbekiston me’morchiligi va Toshkentda sovet davridagi ko‘p sonli muzey va binolar haqida so‘z boradi.
Maqolada qadimiy Samarqandning “dunyoning qadimiy mo‘'jizasi bo‘lmish, moviy gumbazli Registon maydoni”, ko‘xna Buxoro “soya salqin o‘ziga xos tumanli tor ko‘chali, cho‘l ranglari bilan uyg‘unlashgan” deya ta’rif berilgan bo‘lsa, 1500 yillik tarixga ega afsonaviy Xiva, shaharning islomiy arxitekturasi “shu qadar yaxshi saqlanib qolganki, u blokbaster filmlarida sur’atga olish foniga aylanishi mumkin”.O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibini qayd etgan holda “g‘ayrioddiy narsalarni kashf qilishni istagan” gazeta obunachilariga hamda o‘quvchilariga ushbu mamlakatga sayohat qilishni tavsiya qilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh