Butun Oʻzbekiston boʻylab Futzal boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionatining bosh sovrini - Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun “Trophy tour” tadbirlari davom etmoqda

21.08.2024 313

Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan muxlislar bosh sovrinni ko‘rish va bo‘lajak jahon chempionati muhitini his qilish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lmoqdalar.

Bugungi kunga qadar tadbirlar davriy ravishda Andijondan boshlanib, Farg‘ona, Namangan, Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz shaharlarida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, sovringa chempionatning rasmiy ramzi - birinchi kundanoq kichik sport ixlosmandlariga manzur bo‘lgan yo‘lbars XON hamrohlik qilmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, ko‘plab hamyurtlarimiz, sayyohlar, xorijliklar, yosh sportchilar musobaqalarda faol ishtirok etdilar, vaqtichog‘lik qildilar va albatta, sovrin bilan suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadilar.

An’anaga aylangan dasturdan chetga chiqmagan holda, tadbir quvnoq tanlovlar, o‘yinlar va, albatta, sovg‘alardan iborat bo‘ldi!

Ma’lumot uchun: Tadbirlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir bugun Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir Registon maydonida ommaga namoyish etiladi.

Fotoreportaj:

Namangan

Nukus

 

Urganch

 

Buxoro

 

Navoiy

Qarshi

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing