Foto va Video

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

21.07.2023 412

2023-yilning 11-15-iyul kunlari Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdan iborat.

Ushbu keng ko‘lamli tadbir doirasida UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashabbusi bilan Samarqand shahriga “Jahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida UNWTO Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Xorijiy delegatsiyaning tashrifi mobaynida Bosh Assambleya ishtirokchilari uchun belgilangan    infratuzilma, transport-logistika  hamda tadbir doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Investitsiya forumi bo‘yicha barcha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 24-sessiyasi doirasidagi ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra mazkur nufuzli tashkilotning 25-sessiyasi 2023-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan edi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing