Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Buxoro viloyatining “Qo‘rg‘on” mahallasiga “Turizm mahallasi” maqomi berildi

01.12.2024 549

Gʻijduvon Qo‘rg‘oni “Buyuk ipak yo‘li” yoqasida joylashgan bo‘lib, X asrdayoq Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlari qatorida qayd etilib, o‘sha davrlarda Buxoroning shimoliy poytaxti sifatida tan olingan.

Ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari B.Shaxriyorov, viloyat turizm boshqarmasi boshlig'i S.Bobokalonov, G'ijduvon tuman hokimi Sh.Ashurov hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari “Turizm mahallasi”dagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda qadimiy “Gʻijduvon Qo‘rg‘oni” hududida qulay infratuzilma yaratilib, moddiy va madaniy meros obyektlari, jumladan, “Eski tosh hammom” (XVI asr), “Bozori qaymoq” (XIX asr), “Boloi qassobon” (XIX asr) va “Boborahimboy” (XVI asr) masjidlarini hamda 10 dan ortiq qadimiy uylar, 20 ga yaqin oilaviy mehmon uylari va 10 dan ortiq hunarmand xonadonlari sayyohlar tashrifi uchun tayyorlangan.

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Xalqaro ziyorat turizmi haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar