Joriy yilning 17-19 sentabr kunlari Buxoro shahrida O’zbek jang san’ati sport turidan yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida “O’zbekiston kubogi” bo’lib o’tadi. Respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida O’zbek jang san’ati sport turini yanada targ’ib etish, ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan ushbu musobaqa ishtirok etuvchi sportchilarning mahoratini oshirish va yoshlarni ruhan kuchli tarbiyalashda hamda yoshlar o‘rtasida yangi iqtidorlarni aniqlash va terma jamoa tarkibini 23-27 noyabr kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib otadigan Jahon chempionatiga tayorgarlik malakasini oshirish, Vatanga mexr-oqibat, millatlar va xalqlar orasida mexr-oqibat madaniy va do’stona munosabatlarini mustahkamlash va kuchaytirishdan iborat.
O‘zbek jang san’ati sport turi 2009 yil 14 aprel kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston kubogi 2009 yildan buyon o‘tkaziladi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari aynan mana shu jang san’ati bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston O‘zbek jang san’ati federatsiyasi ushbu sport turini “YUNESKO” nomoddiy-madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish yo‘lida amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh