Buxoroda yosh ijrochilar o‘rtasida “Maqom” respublika festivali bo‘lib o‘tadi

22.11.2021 1837

Bu, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrdagi yangi qarorida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Maqom” o‘zbek milliy san’at markazi shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi festival tashkilotchilari etib tayinlangan.

Buxoroda maqom festivalini o‘tkazish tashabbusi Respublika Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev joriy yilning oktyabr oyida Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida ilgari surilgan.

Buxoro – milliy sanʼatimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri. Maqom sanʼatining gultoji boʻlmish Shashmaqomning olamshumul shuhrat topishida ushbu zaminning hissasi beqiyosdir. Navbatdagi Xalqaro maqom sanʼati festivalini Buxoroda oʻtkazsak, dunyo maqom ustalari shu yerda jamuljam boʻlsa, bu albatta goʻzal va tarixiy anjuman boʻladi.

Vazirlar Mahkamasining qarorida festival 2022-yildan boshlab har 2 yilda bir marotaba may oyida o‘tkazilishi belgilandi.

Festivalda 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijrochilar shuningdek, 15 nafardan ortiq bo‘lmagan folklor jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda. Tanlov 2 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: ashula va cholg‘u san’ati.

Maqom koʻplab musiqa asarlarini jamlagan, xalq shoiri va faylasuflari, bastakorlari, xonandalari-yu sozandalari ijodi tufayli asrlar davomida rivojlanib kelgan noyob sanʼatdir. 2008-yilda YuNESKO Shoshmaqomni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi deb tan oldi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing