Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Buxorodan Sariosiyoga bir soatda: Silk Avia yangi ichki aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi

02.07.2026 19

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish yanada qulaylashmoqda. 10-iyuldan boshlab Silk Avia aviakompaniyasi Buxoro – Sariosiyo – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar har juma kuni ATR 72 samolyotida amalga oshiriladi.

Yangi aviaqatnov Buxoro viloyatidan Surxondaryo viloyatiga atigi bir soatda yetib borish imkonini yaratadi. Bu esa yo‘lda sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirib, mamlakat janubiga sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Sariosiyo Surxondaryo viloyatining tabiiy va madaniy diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish uchun qulay boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Bu yerdan tog‘li hududlar, ekoturizm yo‘nalishlari hamda viloyatning tarixiy obidalari tomon sayohat qilish mumkin.

Buxorodan parvoz soat 08:30 da amalga oshirilib, Sariosiyoga 09:30 da yetib boradi. Qaytish reysi esa 10:10 da jo‘nab, 11:20 da Buxoroga yetib keladi.
Yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi ichki turizmni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi, hududlar o‘rtasidagi sayohatlarni yanada qulay qiladi hamda sayyohlarga uzoq yo‘l bosmasdan O‘zbekistonning yangi yo‘nalishlarini kashf etish imkonini yaratadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar