Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Buyuk Britaniyaning “SandStone Global” kompaniyasi “Treasures of Uzbekistan” (“O‘zbekiston xazinalari”) filmini suratga olmoqda

18.07.2025 285

Britaniyaning “SandStone Global” kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikda “Treasures of Uzbekistan” (“O‘zbekiston xazinalari”) loyihasini suratga olishni boshladi. Loyihaning suratga olish ishlari mashhur teleboshlovchi, shuningdek, qadimgi tarix bilan shug‘ullanuvchi ingliz tarixshunos va yozuvchisi Bettani Xyuz (Bettany Hughes) rahbarligida olib boriladi.

Suratga olish guruhi sarguzashtlarga boy sayohatga chiqib, mahalliy aholi va mutaxassislar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatadi, O‘zbekistonning noyob jahon merosini namoyish etadi, hamda tomoshabinlarni yurtimizning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiradi.

Ma’lumot uchun: “Dunyo xazinalari” - jahonga mashhur hujjatli serial bo‘lib, 120 dan ortiq mamlakatda tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilgan va 450 millionga yaqin tomoshabin to‘plagan. Filmlar milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng qiziqish uyg‘otmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining sodiq muxlislariga ega. 2023-yilda “Xazinalar” filmlarining dunyo miqyosidagi auditoriyasi 3,9 milliard kishini tashkil etdi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar