O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (05.03.2026 y. PQ-78) qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra 2026 yil 1 apreldan boshlab:
Qarordagi muhim o‘zgarishlar:
Endilikda QQSni qaytarish tizimi nafaqat aeroport va vokzallarda, balki chegara bojxona postlarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, tizimga nafaqat yirik savdo markazlari, balki chakana savdo shoxobchalari ham keng jalb qilinadi.
Chet el fuqarolari uchun xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarib olish jarayonlari soddalashtiriladi. Hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash maqsadida raqamli texnologiyalar va mobil ilovalar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Byudjet va korporativ buyurtmachilar tovar va xizmatlarni, shu jumladan, audit va soliq maslahati xizmatlarini birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatlarini majburiy tartibda o‘rganadilar. Buning uchun new.cooperation.uz portali asosiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh