"Chinobod" sanatoriysi

3644

Toshkent chetidagi yashil bog‘ hududida "Chinobod" kurort sanatoriysi joylashgan. Sanatorium

Sanatoriyning asosiy ustunligi uning yaqinidagi Baliqli ko‘lining mineral suvlari va balchiq loyidir.

Sanatoriy xodimlari davolovchi loyga chaplash, mineral vannalarni o‘tkazish, galoterapiya va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

Bu yerda diagnostika va davolash markazi ham mavjud.

Ma’lumki, davolovchi balchiq loyi tetiklantiruvchi va qarishga qarshi ta’sirga ega, bu yerga esa u maxsus Baliqli ko‘lidan keltiriladi.

Maskanda, shuningdek, raqs klubi, kichik kinoteatr, sport maydonchasi, kutubxona, go‘zallik saloni, kosmetologiya, qahvaxona va do‘konlar ishlab turibdi.

Sayohatni xush ko‘radiganlar uchun Toshkent viloyati tog‘lari bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkaziladi.

Dam olish sanatoriysi eshiklari nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki sayyohlar uchun ham ochiqdir.

Xarita

Комментарий

0

Оставить комментарий

Для того, чтобы оставить комментарий необходимо авторизоваться через социальные сети:


Авторизуясь, Вы соглашаетесь на обработку персональных данных

Смотрите также