Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Chodakda bo‘lib o‘tgan tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mehmonlar hududda faoliyat yuritayotgan bir necha dam olish maskanlari, mehmon uylari ko‘zdan kechirildi.
Tadbir davomida bayramga tuhfa sifatida hududda barpo etilgan yana bitta zamonaviy mehmon uyi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, hozirgi kunda turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Chodakka turizm qishlog‘i maqomini berish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida hozirgi kunda 300 oilaviy mehmon uyi, to‘rtta dam olish maskani, uchta bolalar oromgohi, ikkita xostel, bitta kemping, 30 ta gastironomik turizm ob’ekti, uzunligi 300 metr bo‘lgan to‘rtta osma ko‘prik va uzunligi 50 metr bo‘lgan shishali osma ko‘prik, sun’iy sharshara, o‘rtacha uzunligi 400 metr bo‘lgan osma dor yo‘lidan iborat ekstrimal hamda yuzdan ortiq ekoturizm ob’ektlari faoliyat olib bormoqda. Natijada 1500 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2021 yil fevral oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilagan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi Chodak qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlariga qaratilgan qaroriga asosan mazkur go‘shada 257 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh