Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Chotqol biosfera qo‘riqxonasi

26253

Chotqol biosfera qo‘riqxonasi Ugam-Chotqol milliy bog‘ining janubida joylashgan. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 45 ming gektarni tashkil etadi va ikki qismga bo‘linadi - Boshqizilsoy va Maydontol. Birinchi qismi  Chotqolning janubiy yonbag‘irlarida 1000 - 3247 m balandlikda, ikkinchisi esa - shimoliy yon bag‘irlari va muzliklarda 1200 - 3800 m balandlikda joylashgan.

Qo‘riqxonaning go‘zal landshafti  tog‘ tizmalarining archa o‘rmonlari, haybatli alp tog‘lari va yam-yashil yaylovlar va shamolli dasht zonalari bilan bezatilgandir.

Chatkal Biosphere Reserve

Chotqol qo‘riqxonasi tog‘ naqshlari, g‘orlar va shovqinli sharsharalar bilan tabiatning mohir qo‘llari bilan bezalgan. Maydontolning janubiy qismida esa Teraksoy qirg‘og‘idagi Qorasuv tepaligi qoyalarida siz qadimgi g‘or rasmlarini - Teraksoy qadimgi yozuvlarini ko‘rishingiz  mumkin. Yana Chotqol qo‘riqxonasida juda qiziqarli ornitologik sayohatlar o‘tkaziladi.

Xarita

Yana ko'ring