Foto va Video

CNN Travel ta’kidlashicha, turistlar O‘zbekistonga sayohat qilishda hamon ehtiyot choralarini ko‘rishlari lozim

1386

 Samarkand

Uzoq vaqt davomida O‘zbekiston ko‘pgina g‘arbliklar uchun noma’lum mamlakat edi va endi u 2020-yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi bo‘lishga tayyor, — deya ta’kidladi CNN Travel sayyohlik portali.

Boy madaniy va tarixiy jihatdan jozibador bo‘lgan mamlakat, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari qatori, o‘zining ochiqligi va vizasiz sayohat qilish imkoniyati evaziga Lonely Planet sayyohlik saytida yangi yilda sayyohlik bo‘yicha 1-raqamli mintaqa deb ataldi. Economist jurnali ham so‘nggi bir yilda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilgan sezilarli islohotlar tufayli mamlakatni 2019-yilda turizmning eng yaxshi yo‘nalishi sifatida ajratib ko‘rsatdi.

CNN Travel fikriga ko‘ra, bizning tanilishimiz va jozibadorligimizning quyidagi 5 ta sababi bor:

Vizasiz rejim

Kelgusi yil, birinchi navbatda, yangi viza islohotlari tufayli O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun eng yaxshi yil bo‘ladi.

Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni sayohatchilar uchun jozibali maskanga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni boshlab yubordi.

Islohotlar 85 mamlakatdan tashrif buyuruvchilar uchun 30 kunlik vizasiz rejimni; va

AQSH Savdo vazirligi tomonidan boshqariladigan export.gov portali ma’lumotlariga ko'ra, ushbu ro‘yxatga kiritilgan 77 mamlakat, shu jumladan AQSH fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tizimini o‘z ichiga oladi.

Xavfsizlik

CNN Travel ta’kidlashicha, turistlar O‘zbekistonga sayohat qilishda hamon ehtiyot choralarini ko‘rishlari lozim.

AQSH Davlat departamenti AQSH fuqarolarini terrorchilik xurujlari yoki mahalliy fuqarolik tartibsizliklari xavfi hali ham mavjudligi haqida ogohlantirmoqda.

Shunga qaramay, "O‘zbekiston hukumati teraktlarning oldini olish uchun yuqori darajadagi hushyorlik va yetarli xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda, chet elliklarga nisbatan zo‘ravonlikning rasmiy ko‘rsatkichlari juda past", deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Shunga qaramay, AQShning Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga kelgan chet ellik mehmonlar soni 2014-yildagi 1,9 milliondan 2018-yilda 6,4 millionga oshgan.

Iffati saqlangan tarix

Ehtimol, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining eng jozibali xislati bu ming yillar davomida iffati saqlangan va muqaddas tarixidir.

Buyuk va ulug‘vor arxitektura yodgorliklari, qadimiy masjidlar va Samarqand va Buxoroning minoralaridan boshlab Tyanshanning qorli cho‘qqilarigacha – O‘zbekiston beg‘amlik va osoyishtalik mintaqasidir.

https://www.instagram.com/p/B3j6PcChKcf/?utm_source=ig_embed  

Ijtimoiy media e’tibori

Oxirgi paytlarda jahon ijtimoiy maydonchalari nigohida O‘zbekistonning asosiy diqqatga sazovor joylari hamda O‘zbekiston haqidagi taassurotlari va fotosuratlari bilan o‘rtoqlashadigan G‘arb sayohatchilarining tajribasi.

Jahon tarmog‘ida #VisitUzbekistan, #VisitTashkent, #VisitSamarkand and #TravelCentralAsia xeshteglari tarqatilib, ommalashmoqda.

Uzbek national cuisine

Milliy taomlar

O‘zbek taomlarini mazali va turli-tuman taomlarga boy deb ta’riflash mumkin. O‘zbekistondagi eng mashhur taom bu palov bo‘lib, guruch, go‘sht va sabzidan tayyorlanadigan milliy taomdir.

Mark Vayn kabi taniqli fud-blogerlari mamlakatimizga mahalliy taomlarni tatib ko‘rish va taassurotlari bilan butun dunyoga o‘rtoqlashish  uchun maxsus tashrif buyurishadi.

https://uzbekistan.travel/ru/cnn-travel-nazval-5-prichin-pochemu-stoit-posetit-uzbekistan-v-2020-godu/ 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring