Mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “O‘zbekistonning turizm qishloqlari” maqolasi El Nabaa – “Yangilik” - elektron gazetasida nashr etildi. Ushbu maqola shuningdek, “Bayram arafasida... O‘zbekistonda eng chiroyli turizm qishloqlari qaysi” sarlavhasi ostida Saudiya Arabistonining bir nechta ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilindi.
Jumladan, “Alharir.info”, “Watana News”, “Nabd”, “Nabd al Hadath”, internet nashrlarida, Turistik yangiliklar agentligining “tna_media24” – Twitter sahifasida 13 qismdan iborat maxsus reportaj berildi hamda “Nabd al Hadath” internet nashrining Twitter sahifalarida keng yoritildi.
Bu loyiha respublikamizning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi bilan O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Quyida Saudiya Arabistoni OAVlarida eʼlon qilingan mediamateriallar bilan tanishishingiz mumkin:
“O‘zbekiston turizm salohiyati”
“O‘zbekiston saudiyalik turistlarni vizasiz tartib bilan qutlaydi”
“Samarqand. O‘zbekistondagi sayyohlik shaharlarining ramzi”
“O‘zbekiston turistik safarlari Xalij davlatlari sayyohlarini o‘ziga jalb qilmoqda”
“O‘zbekiston... Sport turizmidagi so‘nggi rivojlanishni namoyish etmoqda”
“Arab Countries Mutawafa kompaniyasi O‘zbekiston ziyoratchilarini Saudiya qahvasi bilan kutib oldi”
“O‘zbekiston turizm salohiyati... Qadimiy tarix va rang-barang madaniyat”
“Buxoro... O‘zbekistonning eng mashhur turistik shahri”
“YUNESKO O‘zbekistonning Xiva shahrini jahon merosi sifatida qabul qilgan”
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Bosh konsulxonasi hamda “Swift news” elektron nashri tahririyati o‘rtasida bir yillik muddatga o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh