Dunyoning nufuzli “Euronews” telekanalida olib borilayotgan reklama kampaniyasi doirasida O‘zbekistonning eng go‘zal sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lgan Ugom-Chotqol milliy qo‘riqxonasi haqida ko‘rsatuv namoyish etildi.
“Euronews” muxbirlari G‘arbiy Tyan-Shan cho‘qqilaridan biriga ko‘tarilib, Toshkentdan bir necha soatlik masofada joylashgan tabiat manzillari haqida ajoyib sayohat shousini tasvirga oldilar. Chorvoq suv ombori, eng qadimgi odamlarning qoyatosh suratlari saqlanib qolgan Obi Rahmat arxeologik yodgorligi,”Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti kabi turistik yo‘nalishlar butun dunyodan sayohat ishqibozlari diqqatini jalb etishi shubhasiz.
Maʼlumot uchun:
“Euronews” Yevropaning yetakchi xalqaro yangiliklar kanali boʻlib, Yevropa nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi koʻp tillardagi yangiliklarni 160 mamlakatdagi 400 milliondan ortiq xonadonlarga yetkazadi. 12 ta krossplatformali til versiyalari, shu jumladan 9 ta alohida televizion versiyalariga ega.
Ushbu havola orqali batafsilroq o‘qishingiz mumkin: https://ru.euronews.com/travel/2023/11/06/eo-10-uzbekistan-national-park
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh