Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Conde Nast Traveller O‘zbekiston sayyohlik yo‘nalishlariga qiziqish ortib borayotganini ta’kidlamoqda

88

Ingliz tilidagi "Conde Nast Traveller" portali O‘zbekistonning ikki tarixiy shahri - qadimiy meros va zamonaviy shahar hayotining betakror uyg‘unligi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadigan Samarqand va Xivadagi eng qiziqarli joylar haqida maqolalar chop etdi.

Maqolalar muallifi Djon O‘Siallig Samarqandni go‘zal me’moriy yodgorliklar, jonli muhit, zamonaviy gastronomiya va faol madaniy hayot uyg‘unlashgan shahar sifatida tasvirlaydi. U asosiy diqqatga sazovor joylar orasida Registon, Shohizinda va Silk Road Samarkand kabi zamonaviy maskanlarni alohida ta’kidlab, shahar nafaqat o‘z o‘tmishini saqlab qolganini, balki sayyohlik markazi sifatida ham shiddat bilan rivojlanib borayotganini ko‘rsatib o‘tadi.

Xiva haqidagi maqolasida Djon O‘Siallig shaharni ochiq osmon ostidagi muzey sifatida tasvirlaydi. Eski Ichan-Qal’a shahridagi har bir ko‘cha o‘rta asr Sharqining muhitiga kishini sho‘ng‘itib yuboradi. U Islom Xo‘ja minorasi, Juma masjidi va Tosh hovli saroyi kabi me’moriy yodgorliklarning noyob tarzda saqlanib qolganligini ta’kidlaydi, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik va gilamdo‘zlikning ahamiyatini alohida qayd etadi. Muallif ko‘cha hayoti, kutilmagan bayramlar va tong saharlab qadimiy ko‘chalar bo‘ylab sayr qilganda hukm suradigan sukunat haqidagi shaxsiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

Maqolalarda O‘zbekistonda sayyohlik sohasi jadal rivojlanayotgani, bunda asosiy e’tibor boy tarixiy va me’moriy merosni saqlash hamda ommalashtirishga qaratilayotgani ta’kidlanmoqda. "Conde Nast Traveller" nashrida chop etilgan maqolalar mamlakatning nafaqat madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga, balki ularni mehmonxonalardan tortib madaniy tadbirlargacha bo‘lgan zamonaviy sayyohlik infratuzilmasiga uyg‘unlashtirishga intilayotganini ko‘rsatmoqda. Bunday materiallar O‘zbekistonni xalqaro maydonda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etib, uni, ayniqsa, odatiy yo‘nalishlardan tashqarida haqiqiy taassurotlarni izlayotgan sayyohlar uchun istiqbolli va jozibador manzil sifatida namoyon qilmoqda.

https://www.cntravellerme.com/story/best-things-to-do-in-khiva

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring