Foto va Video

«The Daily Beast»: «Endi siz O’zbekistonni sevib qolasiz»

981

«Yana yo’llar ochilsa, qayoqqa borishni xohlaymiz?» –Amerikaning siyosat va ommaviy madaniyatdagi yangiliklarni yorituvchi «The Daily Beast» tahlil va yangiliklar internet nashrining maqolasi shunday boshlanadi. Maqola, pandemiyadan so’ng sayohat uchun tavsiya qilinayotgan mamlakat, O’zbekistonga bag’ishlangan.

Maqolada, o’zbekistonning boy tarixi va saqlanib qolgan me’rosi to’g’risida  so’z boradi: «Buyuk istilochilar Aleksandr, Temur va Chingisxonlar O’zbekistonning keng adir va dashtlarida kezishgan. Bir vaqtlar uning, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi muhtasham shaharlari Buyuk Ipak yo’lining markazlari bo’lgan. To’g’risini aytganda, O’zbekiston, bizning yana barcha yo’llar ochilganda boradigan mamlakatlar ruyxatimizdagi birinchi o’lkadir». 

Bundan tashqari, maqola “Assouline” nashriyotining “O’zbekiston: Samarqandga yul” kitobi bilan tanishish ham tavsiya etadi. Yaffa Assulina va fotosur’atchi Laziza Hamani, ushbu betakror kitobning mualliflari bo’lishdi.

Betakror bezakli «O’zbekiston: Samarqandga yo’l» kitobi, butun O’zbekistonning  sharqona xususiyatlarini eng yaxshi, oddiy lekin chiroyli usullar bilan o’quvchiga etkazib bera olgan chiroyli kitoblardan biri bo’ldi. Kitobdagi sayohat, uning jildidan boshlanadi, keinchalik esa, ko’zni qamashtiruvchi rasmlar yurtimizning madaniyati va tarixini namoyish etishni davom ettiradi. Ushbu kitob, O’zbekistonning butun dunyoga yo’llagan o’ziga xos maktubiga, uning “Bir ko’rishda muhabbat tarixi” tarzida bayon qilingan mazmuni esa, kitobxon uchun xayoliy bir sayohatga aylanadi.

Kitobni nashriyotchining veb-saytidan sotib olishingiz yoki havolaga o'tishingiz mumkin. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring