Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O‘zbekistonga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar samarasi Euronews nigohida

381

Jahon yangiliklarini Yevropa nuqtayi nazaridan yorituvchi Euronews televizion yangiliklar tarmog‘ida O‘zbekistonga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar samaradorligi haqida maqola chop etildi.

Bunday maqolalarning chop etilishi yurtimizning turizm salohiyatiga bo‘lgan e’tibori bundanda kengayib borayotganligi natijasi deyishimiz mumkin.

Maqolada O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xorijiy investorlarni yanada keng jalb qilayotganligi, bu orqali esa turizm sohasiga bo‘lgan e’tibor ortib borayotganligi, kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarning yurtimiz va hamkor davlatlarga keltirayotgan foydalari haqida aytib o‘tilgan.

Yurtimizda turli yo‘nalishlar bo‘yicha kiritilayotgan bunday investitsiyalarning kengayib borayotganligi, keltirayotgan foydalari, shuningdek, ularning jahon miqyosida yoritib borilishi O‘zbekiston turizm sohasidagi rivojining yanada yuksalib borishiga zamin yaratadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring