Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasida O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti hamda ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165 sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 100 sonli qarori ijrosi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov topshirig‘i bilan Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasida “Imomlar yurtiga sayohat” yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizning RFdagi elchixonasi hamda Rostov-Dondagi Bosh konsulligi ko‘magida Dog‘iston Respublikasining Maxachkala shahriga tashrif buyurdi.

Dastlab O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Dog‘iston Respublikasining milliy siyosat va din ishlari bo‘yicha vaziri Enrik Muslimov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Enrik Muslimov O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifidan xursand ekanini ma’lum qilib, mamlakatimizning ziyorat turizm salohiyatini yuksak e’tirof etdi. Shu bilan birga, vazir O‘zbekiston-Dog‘iston o‘rtasidagi aloqalar yuksak darajada rivojlanishi tarafdori ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda shuningdek Dog‘iston Respublikasi muftiysining birinchi o‘rinbosari Ahmad Xoji Kaxaev ham ishtirok etib, Bahouddin Naqshbandiy, Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy kabi dunyoga mashhur allomalarimizning islom olamidagi muhim o‘rnini e’tirof etdi. Ahmad Hoji Kaxxaev ushbu tashrif uchrashuvlari ortidan tomonlar o‘rtasida ziyorat turizmi rivojlanishidan juda mamnun ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, delegatsiya tashrifi doirasida muftiatda Dog‘iston Respublikasi muftiysi, Musulmonlar markaziy ma’naviy boshqaruvi raisi Shayx Ahmad xoji Abdullaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muftiy ziyorat turizmini rivojlantirish orqali ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda diniy bilimlar bo‘yicha ta’lim turizmini ham rivojlantirish ayni muddao ekanini ta’kidladi.
Dog‘iston tomon delegatsiyamiz tarkibidan o‘rin olgan o‘zbekistonlik taniqli hattot Habibulloh Solihni dog‘istonlik pedagoglar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar uchun esa hattotlik bo‘yicha mahorat darslarini o‘tishga taklif qildi.
Shundan so‘ng Maxachkala shahridagi Tarixiy parkda O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti hamda hattotlik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. 
Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi O‘tkir Saidov ochib berdi, shundan so‘ng Qo‘mita huzuridagi Milliy PR markazi rahbari Jamshid Babadjanov tomonidan - taqdimot, taniqli hattot Habibulloh Solih tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, taqdimot va mahorat darsi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston va Dog‘iston turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar ham dog‘istonliklarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini tasdiqladi. Ushbu uchrashuvlarga Dog‘iston tomondan 30 ga yaqin turoperator tashrif buyurib, o‘zbekistonlik turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi.

Kun so‘ngida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining mohir oshpazlari tomonidan milliy taomimiz bo‘lmish palov tayyorlanib, dog‘istonliklarga tortiq etildi. Dog‘istonliklar palov ta’mini yuqori baholashdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.