Foto va Video

"Do‘stlik" videoroliklar tanlovi elon qilinadi

16.06.2023 734

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qator tashkilotlar bilan birgalikda “Do‘stlik” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

30-iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” doirasida “Do‘stlik festivali”ga bag‘ishlangan mazkur tanlov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniyat markazlari, do‘stlik jamiyatlari faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy, gumanitar va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarda turli millatlar tili, madaniyati, an’ana va urf-odatlariga hurmat hissini yuksaltirish kabi ezgu g‘oyalarni aks ettiradi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. “Do‘stlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik”. 

 2. “Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi ko‘rsatuv, reportaj, film”.

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari alohida tartibda quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:    

 1-o‘rin – 25 000 000 so‘m;

 2-o‘rin – 20 000 000 so‘m;

 3-o‘rin – 15 000 000 so‘m

shuningdek, 5 ta rahbatlantiruvchi o‘rin – 10 000 000 so‘mdan.

"Do‘stlik” videoroliklar tanlovi g‘oliblari “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan 2023-yil 29-iyul kuni o‘tkaziladigan “Do‘stlik festivali” bayram tadbirida taqdirlanadilar.

Videoroliklar 2023-yilning 20 iyul kuniga qadar Qo‘mita Matbuot xizmatiga yuborilishi lozim.

Telegramm kanal: +998 98 304-61-08

Batafsil ma’lumotlarni Qo‘mitaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing