Foto va Video

Dubay Xalqaro sanʼat haftaligida “Oʻzbek mahallasi” namoyish etildi

10.03.2022 801

Dubayda Art Dubai 2022 15-xalqaro zamonaviy san'at ko'rgazmasi o'z ishini boshladi, uning doirasida Alserkal Art Week - san'at haftaligi o'tkazilmoqda.

“Mahalla Unframed” koʻrgazmasi Dubay Alserkal sanʼat haftaligida ochildi.

“Mahalla Unframed” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.

Bu loyiha tashrif buyuruvchilarni Toshkent mahallasidagi anʼanaviy uyning virtual maydoniga olib boradigan noyob raqamli loyihadir.

Buning uchun tashkilotchilar uyning haqiqiy o‘lchamdagi raqamli nusxasini yaratdilar, u yerda mehmonlar an’anaviy o‘zbek hovlisining virtual maydonida sayr qilishlari mumkin.

“Mahalla Unframed” koʻrgazmasi tarixiy mahallalarning meʼmoriy xususiyatlarini oʻrganadi va ularning madaniy ahamiyatini eng soʻnggi 3D skanerlash texnologiyasi orqali aks ettiradi.

Ko'rgazma 8 martdan ochiq va 13 martga qadar Alserkal prospektidagi 46-pavilionda davom etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing