Foto va Video

Madaniyat va turizm vazirligi Navro‘z munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e’lon qiladi

03.02.2023 845

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi “O‘zbekkonsert” Davlat muassasasi bilan birgalikda “Navro‘zing muborak, Yangi O‘zbekistonim!” nomli qo‘shiqlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda yosh va mashhur ijrochilar, bastakorlar va qo‘shiq mualliflari o‘zlarining yangi, ilgari nashr etilmagan kompozitsiyalarini taqdim etgan holda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun mualliflar va ijrochilar o‘zlarining ijodiy ishlari namunalarini tashkilotchilarga @uzbekkonsert_navruz telegram bot manzili bo‘yicha yuborishlari shart.

 Tanlovda ishtirok etish va tanlov natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotni madaniyat.uz saytidan yoki 95194-23-23 raqami orqali olishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing