Bugungi kunda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan turkiy tilli davlatlarda mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda ushbu davlatlardan yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalqaro turkiy davlatlar tashkiloti (TURKSOY) ga a’zo mamlakatlarning nufuzli nashrlarida faoliyat ko‘rsatuvchi fotograflarning Andijonga sayohati tashkil etildi.
Mahoratli fotograflar TURKSOYga a’zo mamlakatlar aholisini viloyatning turizm va madaniy salohiyati haqida tanishtirishga qaratilgan mediamateriallar tayyorlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.
Sayohat davomida delegatsiya a’zolari Andijonning turizm salohiyatidan kelib chiqqan holda, diqqatga sazovor joylar, turizm obyektlari va viloyatning etnografik urf-odatlarini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Turk dunyosi fotograflari tomonidan tayyorlangan sifatli kontentlar doimiy tarzda o‘z mamlakatlarida tashkil etiluvchi ko‘rgazmalarda va o‘z mamlakatlarining nufuzli bosma va internet OAVlarida namoyish etib boriladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh