Foto va Video

Rossiyaning nufuzli OAV vakillari O‘zbekistonda!

26.09.2023 376

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turistik salohiyatini dunyo miqyosida yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida, mamlakatimizga jahonning turli davlatlaridan nufuzli OAV vakillari taklif qilinmoqda.

Rossiyalik sayyohlarni mamlakatimizga yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida, turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi nufuzli OAV vakillarininig O‘zbekistonga tashrifidir.

“Sharq ertagiga sayohat” deb nomlangan ushbu tur Buxoro va Samarqand kabi shaharlarni o‘z ichiga oladi va bu qadim shaharlarning turizm salohiyati bilan tanishish imkonini beradi. Joriy yil 21-sentyabr kuni “Россия сегодня” xalqaro informatsion agentligi, ИА ТАСС, “Вестник Атор”, “Аргументы и факты”, “Известия.ru”, “Комсомольская правда”, “Российская газета” kabi OAV vakillarining Buxoroning Labi Hovuz ansambli, Q‘osh Madrasa, Mag‘oki Attor savdo rastalari, Poyi Kalon ansambli, Timi Abdullaxon, Ark qo‘rg‘oni, Sitorayi Moxi Xosa va Mir Arab madrasasi kabi qadamjolariga tashrifi amalga oshirildi.

“Biz ilk bor ushbu loyiha asosida Buxoroga keldik va u bizni maftun etdi. Bu go‘zal shahar haqida maqolalarimiz rang-barang bo‘lishi shubhasiz va bu rossiyalik sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qiladi deb o‘ylayman.

Shaxsan o‘zim esa, bu yerning ta’rifi haqida yaqinlarim bilan bo‘lishaman va ularni bu yerga kelishga da’vat etaman”,- dedi rossiyalik OAV vakillaridan biri.

Mamlakatimizning boshga viloyatlariga sayohatlar ham Rossiyaning nufuzli nashrlari vakillarida ulkan taassurotlar qoldirdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing