Foto va Video

O‘zbekiston Minsk shahridagi “ОТДЫХ-2024” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

18.04.2024 57

18 - 20-aprel kunlari Belorusiyaning Minsk shahrida “Отдыx-2024” 26-xalqaro sayyohlik xizmatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Yirik “МКСК МИНСК-Арена” koʻrgazma markazida Oʻzbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda. Delegatsiya tarkibiga Turizm qoʻmitasi va “Milliy PR-markazi” DUK vakillari kirgan.

Qoʻmita delegatsiyasining Milliy stend taqdimoti bilan ishtiroki Oʻzbekistonning Minsk shahridagi Elchixonasi koʻmagida Turizm qoʻmitasi va “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: “Отдыx-2024” – Belorusiyaning “Turizm va dam olish” turkumidagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi. Bu Belorusiya bozorida o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan butun dunyo mamlakatlari, mintaqalari va sayyohlik kompaniyalari uchun xalqaro biznes maydonchasidir.

O‘zbekiston 2018-yildan buyon Belorusiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etib kelmoqda. Bu yil O‘zbekiston ushbu ko‘rgazmada uchinchi marotaba qatnashmoqda.

Ko‘rgazma doirasida delegatsiya xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda ommalashtirish va mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Bundan tashqari, xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2024 - Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish boʻyicha mamlakatlar va yirik tashkilotlarning hamkorlarini jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing