Foto va Video

Tourism Expo Japan 2023: O‘zbekiston Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan birida ishtirok etmoqda

29.10.2023 301

26-29 oktabr kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida Tourism Expo Japan 2023 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. INTEX Osaka xalqaro ko'rgazma markazida O'zbekiston yana bir bor o'zining milliy stendini taqdim etdi.

Joriy yilda Oʻzbekiston stendida Turizm qoʻmitasi, “Milliy PR markazi” DUK, Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, shuningdek, mahalliy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

O'zbekiston turistik salohiyat bilan tanishish va mamlakat tur brendini targ'ib qilish maqsadida milliy stend bilan chiqish qilmoqda.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari xorijiy mamlakatlardan kelgan hamkasblari bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Milliy stendga tashrif buyurganlar tub islohotlarni yuksak baholab, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan chuqur va jadal o‘zgarishlar xorijiy turoperatorlar va sayyohlik kampaniyalarining alohida e’tiborini tortmoqda.

Turizm sohasi mutaxassislarining qayd etishicha, Yaponiya tomonining O‘zbekiston sayyohlik bozoriga qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda.

Xalqaro ko'rgazma kunlarida delegatsiyamiz a'zolari "O'zbekiston sivilizatsiyalar chorrahasi" taqdimoti bilan chiqish qiladilar, yangi tur mahsulotlari ham taqdim etiladi, bundan tashqari, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish masalalari bo'yicha mamlakatlar va yirik tashkilotlarning hamkorlarini jalb etish bo'yicha muzokaralar tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: Tourism EXPO Japan 2023 – yilning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, unga 70 ta davlatdan 100 mingdan ortiq mehmonlar – turizm sohasi mutaxassislari ham, xususiy mehmonlar ham tashrif buyurishadi. Ko‘rgazmada 1275 dan ortiq kompaniya va sayyohlik tashkilotlari, jumladan O‘zbekiston Markaziy Osiyo stendi bilan ishtirok etmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing